Niderlandiya milliy jamoasi AQŞga qarşi saf tortib, işonçli ğalabaga erişdi. Depay va Blind 1-taymdagi gollari evaziga niderlandlarni tanaffusga ğolib sifatida olib çiqqan bölsa, 76-daqiqada amerikaliklar forvardi Hoji Amir Rayt öyinga intrigani qaytargandek edi – 2:1.

Ammo 81-daqiqada katta sahnaga yana Dumfris çiqdi. Jamoasining dastlabki ikki goliga assistentlik qilgan himoyaçi bu safar tabloga öz nomini yozib qöydi – 3:1.

Şu tariqa, Lui van Gal şogirdlari JÇ-2022da dastlabki çorakfinal yöllanmasini qölga kiritdi. AQŞ esa turnir bilan xayrlaşdi. Niderlandlar 1/4 finalda Argentina – Avstraliya öyini ğolibiga qarşi saf tortadi.

JÇ-2022. 1/8 final. 3 dekabr
Niderlandiya – AQŞ – 3:1
Gollar: 1:0 – 10 Depay, 2:0 – 45 Blind, 2:1 – 76 Rayt, 3:1 – 81 Dumfris.
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind, de Ron (Bergveyn, 46), Klassen (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Simons, 83), Gakpo.
AQŞ – Terner, Dest (Yyedlin, 75), Rim, Tsimmerman, Robinson, Adams, Makkenni (Rayt, 67), Musa, Pulişiç, Vea (Aaronson, 67), Ferreyra (Reyna, 46).
Ogohlantirişlar: Kopmeyners (60), de Yong (87).