Donbassning markaziy qismidagi Baxmut şahri sönggi haftalar davomida Ukrainadagi frontning eng qaynoq nuqtasi bölib qolmoqda. Har kuni bu yerdan şiddatli janglar keçayotgani va ikki tomon ham yöqotişlarga uçrayotgani haqida xabarlar kelib turibdi, Rossiya qöşini Dneprning çap sohiliga çekinganidan keyin boşqa uçastkalarda nisbatan tinçlik hukm surayotgani fonida bu ayniqsa sezilarli bölmoqda. Rossiya Baxmutni oliş uçun nega bu qadar qattiq harakat qilmoqda?
«Baxmutdan janubda Rossiya qöşini Ozaryanovka va Andreyevkaga hujum qildi. Şu tariqa, ular Ukraina qurolli kuçlarining Kurdyumovkadagi garnizonini ikki tomondan örab olib, bu hududdagi temiryöl liniyasini uzib qöyişga harakat qilmoqda. «Vagner» Kleşçeyevkaga yuriş qilmoqda. Baxmutdan janubi-şarqda şiddatli janglar ketmoqda», deya yozadi rossiyalik harbiy muxbir Semyon Pegov WarGonzo telegram-kanalida.
Rossiya qöşini Artemovskni (Baxmutning avvalgi nomi) qurşab oliş arafasida ekani haqida hafta boşida «DXR» rahbari Denis Puşilin ham aytgandi.
Ukrainadagi manbalar ham Baxmut yönalişida şiddatli janglar ketayotganini tasdiqlagan, ammo barça hujumlar bartaraf etilayotgani aytilgan.
«Baxmut atrofi duşman jasadlari bilan tölib bormoqda, bosqinçilar şturm qilişga urinişda davom etmoqda, RF rahbariyati safarbar qilinganlar va mahbuslarni Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalariga haydab kelmoqda», deyiladi Ukrainaning UNIAN naşri xabarida.
Baxmut hududida nimalar bölmoqda? Rossiya armiyasi bu şaharni egallaş uçun nega bu qadar katta kuç bilan intilmoqda? Ular nega oğir yöqotişlarga qaramay ukrainlarning mustahkamlangan pozitsiyalariga röparadan şturm qiliş taktikasidan voz keçmayapti?
Baxmut atrofidagi vaziyat
Baxmut - Donbass mezonlari böyiça Donetsk oblasti şimolidagi örta kattalikdagi şahar bölib, muhim transport tuguni hisoblanadi. Şahardan Lisiçansk va Severodonetskka, Seversk, Slovyansk, Kramatorsk, Konstantinovka, Horlivka va Luhanskka olib boruvçi yöllar ötadi. Bu şahar 2022 yil mayida, ukrain qöşinlari Popasnayadan çekinib, rossiyaliklar Slovyansk va Kramatorskni nişonga olişganida front çiziğidagi şaharga aylangandi.
Öşa paytdan Baxmutni muntazam ravişda öqqa tutiş boşlandi. Uruşga qadar bu yerda yaşagan 70 mingdan ortiq kişining asosiy qismi evakuatsiya böldi, şaharda asosan qariyalar qolgan. Şaharda içimlik suvi va elektr yöq, köplab binolar vayron qilingan.





















