Suhbat çoğida ham ikki tomonlama, ham mamlakatlar örtasidagi xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka oid keng kölamli masalalar muhokama qilindi. Parlamentlararo muloqotni faollaştiriş, ikki mamlakat qonun çiqaruvçi organlari vakillarining özaro taşriflarini taşkil etiş va turli sohalarda tajriba almaşiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini yanada mustahkamlaş muhimligi, kuni keça Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston-Buyuk Britaniya savdo va sanoat kengaşi 26-yiğilişi doirasida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi muloqotni faollaştiriş zarurligi qayd etildi.
Ikki davlat ham boy tarixiy merosga ega bölib, bu jabhada madaniy va ilmiy aloqalarni çuqurlaştiriş imkoniyatlari mavjud. Tomonlar ilm-fan va ta’lim muassasalari, muzey va kutubxonalar örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, bu borada qöşma loyihalarni amalga oşiriş tarafdori ekanini bildirişdi.
Tomonlar hamkorlik yangi yönalişlarini aniqlaş maqsadida turli darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirişga kelişib oldilar. Vladimir Norov britaniyalik hamkasbini Özbekistonga taşrif buyurişga taklif qildi.
















