Siyosatçi Rossiya sovuq va qiyinçilikni «terrorining bir qismi» qilib, Ukrainaga qarşi qişning xususiyatlaridan foydalanişi va ukrainaliklar yaqin oylarda bunga qarşi turiş uçun yanada köproq birdamlik körsatişi kerakligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy fuqarolarni bir-biriga yordam berişga, nizo va janjallardan qoçişga çaqirdi. 

Şu bilan birga, u qişni «imtihon sifatida emas, balki vaqt – bizni asosiy narsa – ğalabaga yaqinlaştiradigan jihat» sifatida qabul qilişni maslahat berdi. 

Butun Ukraina yagona «Buzilmas nuqta»ga aylanişi kerak, deya qöşimça qildi davlat rahbari.

Avvalroq, 2 dekabr kuni keçqurun Xerson yana Rossiya qöşinlari tomonidan raketa hujumiga uçragandi. 

Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boşliği Yaroslav Yanuşeviçning Telegram-kanaliga köra, zarbalar paytida elektr tarmoqlari şikastlangan, şahar yana elektr ta’minotisiz qolgan.

Bundan oldin Ukrainada 6 millionga yaqin abonent elektr energiyasiz qolayotgani aytilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi. 

Uning taqdim etgan ma’lumotlarida yozilişiça, Ukraina hududida elektr ta’minoti bilan boğliq eng qiyin vaziyat yettita mintaqada kuzatilyapti.