AQŞ prezidenti Jo Baydenning «u nimani öylayotganini biliş uçun Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga ötiriş»ga tayyorligi haqidagi sözlari yoki Germaniya kansleri Olaf Şols sentabr oyidan buyon ilk bor rossiyaliklar rahbari bilan bir soat davom etgan telefon muloqoti ötkazişi nimani anglatadi?
Albatta, bular oliy darajadagi tinçlik muzokaralari boşlanişiga yaqin qoldi degani emas.

«Agar Putin uruşga nuqta qöyiş usulini topişga haqiqatan ham qiziqayotgan bölsa, u bilan gaplaşişga tayyorman. Hozirça men buni körmayapman», — dedi Bayden Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida.
AQŞ prezidenti özi aytganidek bunday muloqot faqat Rossiya rahbari Ukrainadagi uruşni töxtatiş istagini bildirgandagina ötkazilişi mumkin. Bu esa hozirça röy beradiganga öxşamayapti.
Kremlning Vaşington Rossiyaning Ukrainaning sentabr oyi oxirida annexia qilingan hududlari ustidan suverenitetini tan olmasligi va Ğarb Ukrainani qurollantirişda davom etib, Kiyevning murosasizligi uçun javobgarligi haqidagi şikoyatlari esa dunyo bu borada jiddiy özgariş yoqasida turmaganini körsatadi.
«U (Bayden) birinçi navbatda Rossiya Ukrainani tark etişi kerakligini aytdi. Uning fikriça, bu Putinning muzokaralarga tayyorligini namoyiş qiladi. Ammo bu masala mohiyatini özgartiradi. AQŞ Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi yangi hududlarni haligaça tan olmaydi. Bu esa albatta, özaro munozara uçun asoslar izlaşni sezilarli darajada murakkablaştiradi», — dedi RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Ammo uruş çözilib, Ukrainada esa qahraton qiş boşlanar ekan, yangi ölimlar, vayrongarçiliklar va azob-uqubatlar tahdidi ortib, tinçlik muzokaralari qaçon boşlanişi masalasi tez-tez kötarila boşlaydi.
Ötgan oyda AQŞ armiyasi ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Mark Millining muzokaralar ötkaziş imkoniyatidan foydalaniş zarurligi haqidagi sözlari esa AQŞ ma’muriyatida bu borada turliça qaraşlar yuzaga kelgani haqidagi spekulyatsiyalarni urçitdi.
Şundan keyin rasmiy şaxslar va Ğarb yetakçilari asosan Ukraina muzokaralarni qaçon va qanday ötkazişni özi belgilaşi kerakligi haqida gapira boşlaşdi.
Makron ham ittifoqçilar ukrainaliklarni Rossiya bilan özlari uçun nomaqbul bölgan murosaga borişga undamasligi kerakligini ta’kidladi.



















