Buning natijasida, jamiyat tasarrufidagi “Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi”ga qaraşli 1-sonli “Şörtan” (Betman) siquv kompressor stansiyasidagi 100 va 200-sonli gaz haydaş agregatlari, 2-sonli “Şörtan” (KMPO) siquv kompressor stansiyasidagi 200 va 500-sonli gaz haydaş agregatlari, “Şimoliy Nişon” siquv kompressor stansiyasidagi 100, 200, 300 va 400-sonli gaz haydaş agregatlari va “Şörtan” boş inşootida joylaşgan tovar gazni magistaral gaz quvurlariga haydaş uçun möljallangan siquv kompressor stansiyasidagi 300-sonli gaz haydaş agregati (jami 9 ta gaz haydaş agregatlari), hamda 1-sonli “Propan butan aralaşmasini ajratib oliş qurilmasi” me’yoriy iş rejimidan avariyaviy holatda töxtadi.
Uşbu holat, “Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi” tomonidan qazib va işlab çiqarilayotgan uglevodorodlar hajmiga salbiy ta’sir körsatib, soatiga 400-500 ming kub metr tabiiy gaz 40 tonna gaz kondensati, 25 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari qazib va işlab çiqarilmasligiga olib keldi.
Körilgan tezkor çoralar natijasida gaz haydaş agregatlari töxtab turiş vaqtida, “Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi” tomonidan “Şörtan gaz kimyo majmuasi” va “Uzbekistan GTL” MÇJ zavodlariga yetkazib berilayotgan xomaşyo gazi bir maromda yetkazib beriş orqali, uşbu zavodlarni avariyaviy holatda töxtab qolişi oldi olindi.
Elektr ta’minoti qayta tiklangandan söng, boşqarmaning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida, töxtab turgan gaz haydaş agregatlari va texnologik qurilmalarni birin-ketin reglament asosida işga tuşiriş işlari olib borilmoqda. Hozirda texnologik qurilmalarning töliq iş rejimida işlaşini ta’minlaş böyiça barça zaruriy işlar olib borilmoqda va “Öztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda.
Avariyaviy holatni bartaraf etiş uçun barça çoralar körilmoqda va bugunning özida qurilmalarning me’riy iş rejimi tiklanişiga erişiş çoralari körilmoqda.
“Özbekneftgaz”AJ Matbuot xizmatiⓉ
















