Samarqand viloyatining Payariq tumanida miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bölgan sak qabilalariga tegişli bronza qozon topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu qozon 1993 yilda Payariq tumani Muhammadi qişloği fuqarosi öşa vaqtda maktabda direktor bölib faoliyat yuritgan Anvar Şoğdorov tomonidan Qaroqçi toği va Teşiktepa arxeologik yodgorligi oraliğidagi adirdan kanal qaziş vaqtida topib olingan. Faqat uni topib olganlar uning noyobligini bilmagan va uy-rözğor işlarida foydalanib kelgan.
Noyob qozon Samarqand davlat muzey-qöriqxonasi ilmiy xodimlari muzey töplamlarini boyitiş maqsadida viloyatlar böylab ekspeditsiyaga çiqqanda topilgan. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga oid bölib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir. Uning balandligi 37 santimetr, oğiz qismining diametri 52 santimetrni taşkil etadi.
Bu uşbu hududda bronza qozonlarning aniqlanişi bilan boğliq birinçi holat emas. Qaroqçi toğining Qöşrabot tumanidan ötgan qismi yonbağrida joylaşgan Sirliboytepadan, Payariq tumanidagi Köktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan.
Şuningdek, 2017 yilda Kattaqörğon tumanining Oqtov toğlariga tutaş Yilqihaydar qişloğidan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qöriqxonaga topşirilgan.

















