Özbekiston Respublikasi prezidentining Konstitutsiya qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi prezident rasmiy saytida e’lon qilindi.
Qadrli vatandoşlar!
Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda köpmillatli butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi uluğ tarixiy sana — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barçangizga özimning çuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Xalqimizning xohiş-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etiş yölida mustahkam huquqiy poydevor bölib kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi örni va ahamiyati beqiyosdir.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, ğoyat oğir va murakkab bir şaroitda qabul qilingan Konstitutsiyamiz bergan huquq va imkoniyatlar tufayli el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan ötgan davrda hayotimizning barça soha va tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalarni qölga kiritdik.
Ana şunday mustahkam huquqiy asosga tayanib, keyingi yillarda mamlakatimizda keng kölamli demokratik islohotlar jadal amalga oşirilmoqda.
Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizning mazmuni, vatandoşlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqaraşi tubdan özgarmoqda. Yurtimizda yaşayotgan har bir fuqaro, millati, tili va dinidan qat’i nazar, jamiyatimizning teng huquqli a’zosi, öz taqdirining çinakam egasi, mamlakatimizdagi barça özgariş va yangilanişlarga özini nafaqat daxldor, balki bu jarayonlarning bevosita iştirokçisi, erkin va bunyodkor inson sifatida his etmoqda.
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bölgan, biz uçun ozod va obod hayot quriş yölini oçib bergan Konstitutsiyamiz bilan şu bois har qança faxrlansak, ğururlansak, arziydi, albatta.
Muhtaram döstlar!
Dunyo miqyosida «Yangi Özbekiston» degan ibora paydo bölib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-e’tibori tobora ortib bormoqda.
Barçangiz xabardorsiz, şu kunlarda mamlakatimizda Asosiy qonunimizga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça muhokamalar davom etmoqda. Uşbu konstitutsiyaviy islohotlarni Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmuni va mantiği, xalqimiz bildirayotgan talab, istak va takliflar, muxtasar aytganda, şiddat bilan özgarayotgan davrning özi taqozo etmoqda.


















