Rossiyaning Ukrainadagi jangovar amaliyotlari hududida harbiylar tomonidan öz pozitsiyasini ommaviy ravişda taşlab ketiş holatlari yöq, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Uning sözlariga köra, dezertirlik holatlari «juda kam».
«Bizda bunday holatlar (dezertirlarni qatl etiş) yöq, bizda hatto (dezertirlar uçun) lagerlar, zonalar yoki şunga öxşaş joylar ham yöq», — dedi Putin Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş Kengaşi a’zolari bilan uçraşuvda.
Prezident Ukraina Qurolli Kuçlarida harbiy xizmatçilarni göyo «omma oldida, saf qilib qatl etiş» holatlari borligi haqida gapirdi. Bu haqda Vladimir Putin 25 noyabr kuni Ukrainadagi jangçilarning onalari bilan uçraşuvda ham eslab ötgan edi. Putin bunday ma’lumotlarni «bizning yigitlar yetkazyapti» dedi.
6 dekabr kuni Novoşaxtinskda 38 yoşli erkak politsiyaçilarga qurolli hujum qildi. Politsiyaçilardan biri jarohat olib, şifoxonaga yotqizildi. Ommaviy axborot vositalarida gumonlanuvçi dezertir bölişi mumkinligi haqida xabar berildi. «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin hibsga olingan şaxsning öz kompaniyasiga tegişli yoki yöqligini tekşirişga va’da berdi.

















