Özbekiston tarixi davlat muzeyida “Matonatning 17 qiyofasi” nomli körgazma bölib ötdi.

Prezident Administratsiyasi şu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ğoyasi asosida Mass-media fondi tomonidan taşkil etilgan mazkur körgazma BMTning barqaror rivojlaniş maqsadlarini öz faoliyatida aks ettirayotgan özbek ayollariga bağişlangan.

Körgazma taşabbuskorlari qatorida BMTning Jyenevadagi bölimi boş direktori Tatyana Valova va Şveytsariya ayollarining özaro yordam uyuşmasi ham bor. Tatyana Valova körgazmaning ahamiyati haqida şunday deydi:

“Özbekistonda sönggi yillarda ijtimoiy va iqtisodiy hayotda xotin-qizlarning mavqeyi va roli sezilarli darajada oşdi. Bunday tendensiya dunyoning barça davlatlari uçun istisnosiz muhim. Afsuski, butun dunyoda ayollar erkaklar bilan mutlaqo teng huquqlarga ega bölgan birorta davlat yöq. Ba’zi mamlakatlarda vaziyat boşqa davlatlardan yaxşiroq, ba’zi mamlakatlarda esa yomonroq.

Özbekistondagi holat yaxşi tomonga özgarmoqda, lekin şunga qaramay, biz hammamiz juda qattiq işlaşimiz kerak. Men tez-tez aytaman, biz hali ham erkaklar yaratgan qoidalarga köra tuzilgan dunyoda yaşayapmiz. Biz dunyoni va undagi qoidalarni erkaklar bilan birgalikda yaratişimiz kerak.

BMTning Jyenevadagi bölimi boş direktori Tatyana Valova

Uşbu loyihaning ğoyasi – barqaror rivojlaniş maqsadini amalga oşirişda ayollarning rolini körsatiş. Şuning uçun loyiha “17 harakat yuzi” deb nomlanadi. 17 ayol barqaror rivojlaniş maqsadlari sari olğa siljişni özida mujassam etgan va ularning har biri bu borada ajoyib muvaffaqiyatlarga erişgan.

Ularning tanlagan maqsadlari – bu inson huquqlarini himoya qilişmi, ayollarni himoya qilişmi, atrof-muhitni muhofaza qilişmi yoki qişloqlarda muvozanatni saqlaşmi, har qanday mavzu, nima bölişidan qat’i nazar, ayollarning professional işlarini körişimiz mumkin.

Işonçim komilki, bu ayollarning hayoti butun bir yoş avlodni ilhomlantiradi va ular nafaqat öz hayotlarida muvaffaqiyatga erişa olişlarini tuşunişadi. Tanlangan kasblari orqali erkaklar bilan teng ravişda bu dunyoni yaxşi tomonga özgartirişadi”.