Agentlik ma’lumotlariga köra, uning tarkibiga 80 ming dona gaubitsa snaryadlari, HIMARS öq-dorilari, HUMVEE harbiy maşinalari, generatorlar, şuningdek, uçuvçisiz uçiş apparatlari hujumiga qarşi va havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari kiradi.
Rasmiy ravişda Kiyevga yangi yordam 9 dekabrda e’lon qilinişi kerak.
6 dekabr, seşanba kuni AQŞ Kongressidagi tegişli qömitalar 1 oktyabrda Qöşma Ştatlarda boşlangan 2023-moliya yili uçun Milliy mudofaa töğrisidagi qonunni (National Defense Authorization Act, NDAA) kelişib oldi.
Unga köra, NDAA Ukraina Qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş hamda uning ta’minlanişi ustidan nazorat böyiça Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) doirasida 800 million dollar (746 million yevro) mablağ ajratadi.
Reuters ma’lumotlariga köra, bu AQŞ prezidenti Jo Bayden joriy yil boşida söraganidan 500 million dollar (478 million yevro)ga köpdir.
USAI paketi «AQŞning Ukrainani eng dolzarb ehtiyojlarini qondiriş, şuningdek, uzoq muddatda uning suverenitetini himoya qiliş uçun Ukraina Qurolli kuçlarining salohiyatini oşiriş orqali uni qöllab-quvvatlaşga sodiqligini tasdiqlaydi», deb ma’lum qildi Pentagon.


















