Kremlda Toşkentning Moskva va Ostona bilan uç tomonlama hamkorlikdan voz keçgani haqidagi xabarga izoh berildi. 

«Alohida tijoriy şartnomalar tuzilgan uçtomonlama hamkorlik taklifi gazni siyosiy şartlarga almaştirişni nazarda tutmaydi, gap tijorat manfaatlarini muvofiqlaştiriş haqida ketmoqda», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

«Har bir tomon faqat tijorat şartlariga e’tibor qaratgan holda öz energiya resurslarini sotmoqda va sotişda davom etadi. [...] Lekin davlatlar ham öz harakatlarini muvofiqlaştirişdan manfaatdor. [...] Heç kim siyosiy talablar evaziga gaz beriş haqida gapirmayapti», dedi u.

Peskovning aytişiça, Reuters agentligi sözlarni notöğri talqin qilib, notöğri ma’lumot bergan.

«Reuters notöğri ma’lumot berdi va sözlarni notöğri talqin qildi. Biz nima deyilganini bilamiz. Heç kim siyosiy şartlar evaziga gaz haqida gapirmayapti. Uşbu hamkorlikni taşkil etiş ğoyasi kontekstida bunday gap aytilmadi», dedi Peskov. 

Uning sözlariga köra, «mamlakatlar bularning barçasini muvofiqlaştirişdan, ham rentabellikni, ham bir-biri uçun foydani oşirişdan va hokazolardan manfaatdor».

«Alohida tijoriy şartnomalar tuzilgan uçtomonlama hamkorlik» rejalari haqida birinçi marta Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin bilan uçraşuvdan keyin aytgan edi.

Uning ta’kidlaşiça, bu taşabbus Rossiya prezidenti tomonidan çiqqan. «Bugun Vladimir Vladimiroviç öziga xos uç tomonlama ittifoq tuzişimiz kerakligini aytdi. U şu mavzuda Özbekiston prezidentiga qönğiroq qilmoqçi. Biz ham bu mavzuni çuqur örganişimiz kerak», degan edi Töqayev.

Özbekiston boş vaziri örinbosari, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «Uç tomonlama gaz ittifoqi» haqidagi savolga javoban, muzokaralar «Ittifoq emas, import şartnomasi orqali» gaz oliş haqida ekanini aytdi.

«Ma’lum hajmda import qilişga ham ehtiyoj tuğilyapti. Şu ehtiyojni qondiriş, masalani yeçiş maqsadida hozirgi kunda biz allaqanday alyans, ittifoq emas, qöşni davlatlardan öz ehtiyojimiz uçun zarur bölgan tabiiy gaz va elektr energiyasini import qiliş böyiça muzokaralar olib borilyapti. Bunda milliy manfaatlardan kelib çiqqan holda, özimizning tarmoqlarni birovga berib yuboriş yoki boşqa orqali emas, oldi-sotdi tijoriy şartnomalar asosida hamkorlik qiliş böyiça muzokaralar olib borilyapti», dedi Mirzamahmudov.