“Texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq qadoqlangan tovarlarni sotiş bilan boğliq huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişda jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvçi texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq qadoqlangan tovarlarni sotişga oid huquqbuzarlik haqida vakolatli organlarni axborot tizimi orqali xabardor qilgan jismoniy şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:

  • vakolatli organlarni jismoniy şaxslar tomonidan texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq qadoqlangan tovarlarni sotişga oid huquqbuzarliklar haqida axborot tizimi orqali fotosurat yoki videoyozuvlarni yuborişni;
  • jismoniy şaxslar tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan fotosurat yoki videoyozuvlarni vakolatli organlar tomonidan körib çiqişni;
  • texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq qadoqlangan tovarlarni sotişga oid huquqbuzarliklar haqida vakolatli organlarni axborot tizimi orqali xabardor qilganlik uçun jismoniy şaxslarni bir martalik pul mukofoti şaklida rağbatlantirişni.

Investitsiyalar vazirligi huzuridagi Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi Axborot texnologiyalari vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi va boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar qarorda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oşiriş imkonini beruvçi axborot tizimini işga tuşirilişini ta’minlaydi.

Belgilab qöyilişiça:

  • Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi axborot tizimi operatori hamda uni texnik jihatdan qöllab-quvvatlaş, uzluksiz işlaşi va axborot xavfsizligini ta’minlaşga mas’ul etib belgilanadi;
  • axborot tizimini saqlaş va texnik qöllab-quvvatlaş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi huzuridagi Standartlaştiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.