Ukraina tomoniga köra, yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari 6-energoblok yaqinida, avvallari yaşirin rejimda qandaydir «himoya inşootlari» qurilgan, foydalanilgan yadro yonilğisini quruq saqlaş ombori hududi yonida joylaşgan. 

«Bölajak provokatsiya bu Dneprning qarama-qarşi qirğoğini, xususan Nikopol va Marganets şaharlarini töğridan töğri Zaporijjya AES uçastkasidan «Grad» qurilmalari bilan energiya bloklarining «qopqoği» va işlatilgan yadroviy yonilği omboridan foydalangan holda öqqa tutişdir», — deyiladi «Energoatom» matbuot xizmati xabarida.

Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik joriy yil oxirigaça Rossiya Federatsiyasi va Ukraina bilan Zaporijjya atom elektr stansiyasida xavfsizlik zonasini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişişga umid qilayotgandi. Bu haqda AEXA boş direktori Rafael Grossi aytib ötgandi. 

«Men vaziyatga imkon qadar tezroq yeçim topişga intilaman. Umid qilamanki, yil oxirigaça», - dedi Grossi Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida. 

Şu bilan birga, u Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan uçraşiş mumkinligini istisno etmadi. 

«Bizning maqsadimiz – u yoki bu tomonga foyda keltiradigan harbiy vaziyat yaratmaslik, yadroviy avariyaning oldini oliş», — dedi Grossi.