Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida Cobalt haydovçisi piyodalar yölagidagi ona va bolani urib ketgan. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati mazkur YTH haqida ma’lumot berdi.

Idora ma’lumotiga köra, 3 dekabr kuni taxminan soat 17.00 larda, 1973 yilda tuğilgan V.I., davlat raqami 01 N 406 UB bölgan Cobalt rusumli avtomobilni Zulfiyaxonim köçasida boşqarib ketayotib, piyodalar: 1991 yilda tuğilgan Z.P. va uning farzandi 2016 yilda tuğilgan K.M.ni urib yuborgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Labo avtomobil piyodalar yölagiga yetmasdan töxtagani, ammo uning ortidan kelayotgan Cobalt uni aylanib ötib, piyodalar ustiga yurganini köriş mumkin. Töqnaşuv natijasida ona va bola bir neça metr masofaga uçib ketgan, maşina esa qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan.

Hodisa oqibatida ayol tan jarohatlari bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. «Gazete.uz» manbasi xabariga köra, bir hafta ötib ham u koma holatida qolmoqda. Uning qizi esa öşa kuni holati qoniqarli bölgani uçun tibbiy körikdan keyin uyiga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.