Hukumat qarori bilan elektron turdagi suğurta xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

2023 yil 1 martgaça içki işlar organi xodimlari iştirokisiz rasmiylaştiriladigan yöl-transport hodisasi töğrisidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilişini hamda körib çiqilişini amalga oşiriş böyiça yagona mobil ilova işga tuşiriladi. 

2023 yil 1 iyulgaça yagona mobil ilova orqali boşqa majburiy va ixtiyoriy suğurta turlari böyiça suğurta da’volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilişi hamda körib çiqilişi amaliyotga joriy etiladi.

Nizomga köra: 

  • suğurta barça turlari (klasslari) elektron şaklda sotiladi va rasmiylaştiriladi hamda ular haqiqiyligini tekşiriş suğurta qildiruvçi va suğurtalovçi örtasida ma’lumotlar almaşinuvi yöli bilan suğurta taşkiloti axborot tizimida va internet resursida amalga oşiriladi;
  • suğurta şartnomasini tuziş uçun suğurta taşkiloti axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegişli ma’lumotlar avtomatik tarzda töldiriladi; 
  • suğurta polislari röyxatga olinib, ular aylanmasi böyiça monitoring olib boriladi.

2022 yil 31 dekabrgaça barça suğurta polislarini röyxatga oluvçi va ularning aylanmasini nazorat qiluvçi yagona axborot tizimi joriy etiladi hamda barça suğurta kompaniyalari axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.