Mutaxassislarning fikriga köra, masofadan turib işlaydigan xodim butun diqqat-eʼtiborini işga jalb qila olmaydi. Bu esa nafaqat uning iş samaradorligiga, balki jamoa faoliyatiga ham salbiy ta’sir körsatar ekan. Şu bilan bir qatorda bunday tarzda faoliyat yuritiş xodimning şaxsiy va iş vaqtlari özaro aralaşib ketişiga sabab böladi. Şifokorlarning sözlariga köra, bunday inson işga mukkasidan ketişi yoki bölmasa, dangasa bölib qolişi ham mumkin.
Mutaxassislarning qöşimça qilişiça, mehnat qilişning bunday formati kişida kuçli stressni keltirib çiqaradi. Bu bezovtalik esa sekinlik bilan ortib boradi.
Albatta, bunday ruhiy özgarişlar uzoq muddat şunday tarzda faoliyat yuritadigan insonlarda kuzatilişi mumkin. Bu nafaqat insonning oilaviy, balki, ijtimoiy, moliyaviy, psixo-emotsional holati va boşqa jabhalarga ham kuçli “zarba” bölişi mumkin.

Kimlar xavf guruhiga kiradi?
- Yolğiz yaşaydiganlar uçun. Bunday insonlar iş jadvaliga doim ham amal qila olmaydi. Heç kim bilan muloqot qilmaydigan kişi uçun masofadan işlaş xuddi ijtimoiy izolyatsiya kabi ta’sir körsatadi. Doimiy yolğizlik esa qayğu, soğinç, umidsizlik kabi tuyğularni yuzaga keltirib çiqaradi.
- Yoş farzandingiz bor. Oilada e’tiborga muhtoj bölgan yoş bolalar bölganda iş jadvaliga amal qiliş haqida gapirmasa ham böladi. Bunday şaroitda masofadan işlaş xodim uçun juda qiyin. Köpinça ularda taşvişlar köpayadi: aybdorlik hissi va öz-öziga bölgan işonç yöqolib boradi. “Men yaxşi xodimmanmi?”, “Ota yoki onalik vazifalarimni tölaqonli bajara olyapmanmi?” kabi savollar miyasida ğujğon öynay boşlaydi.
- Öz-özini boşqariş qobiliyati rivojlanmay qoladi. Işxonada iş sifati köpinça rahbarlar yoki menejyerlar tomonidan boşqariladi. Masofadan turib işlaganda esa bu mustaqil amalga oşirilişi kerak. Natijada, nazorat qiliş qobiliyati yöqolib boradi.
- Siz ğamgin va tuşkunlikka moyilsiz. Bunday holatda hayotdagi tub özgariş, masalan, doimiy iş tarziga ötiş sizning ruhiy salomatligingizga va jamoa bilan işlaşingizga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.


















