2022-2023 kuz-qiş mavsumi davomida respublikada aholi va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz iste’moli oşişi hisobiga, GTL zavodiga berilayotgan gaz hajmi 50% ga kamaytirilgani sababli qurilmalarning barqaror va xavfsiz işlaşini ta’minlaş, işlab çiqariş hajmi kamaytirilişi aholining sintetik dizel mahsulotlariga bölgan talab hamda ehtiyojlariga salbiy ta’sir qilmasligi yuzasidan zaruriy topşiriqlar berildi.
Qöşimça ravişda, “Uzbekistan GTL” zavodida buğ generatorlari orqali elektr energiyasi işlab çiqarilişi va zavod avtomonom elektr energiya ta’minotida ekspluatatsiya qilinişini inobatga olib, işlab çiqariş jarayonida foydalanişidan ortib qoladigan elektr energiyasi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga uzatiş körsatkiçlarini köpaytiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

Taşrif mobaynida, “Uzbekistan GTL” zavodning asosiy işlab çiqariş qurilmalarida amalga oşirilayotgan işlar hamda qurilmalarning bugungi holati, işlab çiqariş hajmi kamaytirilişi jarayonlarida amalga oşirilişi közda tutilgan işlarning joriy holati örganildi.
Qurilmalarda ekspluatatsiya davrini uzaytiriş uçun örganişlar olib boriş va qurilmalarda faoliyat yuratayotgan xodimlarni doimiy ravişda bilim va malakalarini oşirib borişga qaratilgan körsatmalar berildi.
Boşqaruv raisi tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 200 ming tonnadan ortiq sintetik yoqilği mahsulotlari işlab çiqarilganini va uzluksiz ravişda Özbekiston Respublikasi tovarxomaşyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinayotgani va iste’molçilarga yetkazib berilayotganini alohida e’tirof etdi.

Taşrif yakunida “Uzbekistan GTL” zavodining işçilar şaharçasida kompaniyaning xodimlarining yaşaş, mehnat faoliyatlari va dam oliş uçun yaratib berilgan şaroitlari bilan tanişib çiqildi.
Eslatib ötamiz, zavodda yiliga qiymati 1 milliard dollardan ziyod bölgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar işlab çiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilğisi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

“Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
















