Yaponiya Rossiya çegarasidan 43 kilometr uzoqlikda joylaşgan Hokkaydo orolida gipertovuşli qurollarni joylaştirmoqçi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar berdi.
«Yaponiya Mudofaa vazirligi yuqori tezlikda uçuvçi bombalar bilan qurollangan ikkita yangi harbiy qismni taşkil qilmoqçi. Ular 2026 yilgaça Hokkaydo prefekturasi va Kyusyu oroliga joylaştiriladi. Gap tovuşdan tez uçadigan raketalar haqida bormoqda. An’anaviy raketalarga qaraganda ularni urib tuşiriş juda qiyin hisoblanadi. Raketalar 100 km masofaga uça oladi, ammo kelajakda bu körsatkiç yana oşirilişi mumkin», deyiladi xabarda.
Hokkaydo Yaponiya arxipelagining eng şimoliy oroli bölib, Rossiyadan Laperuz böğozi orqali ajratilgan. Orol Saxalindan 43 kilometr uzoqlikda joylaşgan.
Avvalroq Yaponiya yaqin tört yil içida Qöşma Ştatlardan yangi turdagi qurollarni olişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgan edi. Hukumat bundan maqsad mamlakat xavfsizligini kuçaytiriş ekanini ma’lum qildi.

















