Ukrainada uruşning 291-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Odessada 10 dekabr kuni rossiyaliklar dronlari hujumlaridan keyin şikastlangan energetika obektlari va suv ta’minotini tiklaş işlari olib borildi. 11 dekabr kunining ikkinçi yarmida oblast harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Marçenko elektrsiz qolgan iste’molçilar miqdori bir yarim million kişidan 300 minggaça tuşirilgani haqida xabar qilgan.
- Kursk oblastida aholi «xavfsizligi va osoyiştaligini ta’minlaş» uçun yanvar oyi oxirigaça muşaklar sotilişi va uçirilişi taqiqlandi.
- Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiyga qönğiroq qildi. U ikki siyosatçi bilan ham «ğalla yölagi»dan boşqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tovarlar taşişda ham foydalaniş masalasini muhokama qilgan.
- Moskvadagi avtobuslardan fuqarolik evaziga RF armiyasida xizmat qilişga çorlangan özbek, tojik va qirğiz tillaridagi e’lonlar olib taşlandi.
- Rossiya naşrlari va telegram-kanallarida RF qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov frontdagi muvaffaqiyatsizliklar uçun işdan olinişi töğrisida ma’lumot tarqaldi. RF mudofaa vazirligi esa Gerasimov öz lavozim majburiyatlarini bajarişda davom etayotgani, «uning iste’fosi uçun sabab yöqligi»ni ma’lum qildi.
Quyida 11 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbassdagi harbiy hospitaldagi ukrain şifokorlari

































