Ijtimoiy tarmoqlarda Angren neft bazasida avariya sodir bölgani, odamlar quvurdan oqib yotgan benzinni idişlarga quyib olib ketayotgani aks etgan videolar tarqalgandi. Korxona rahbariyati hodisaga munosabat bildirdi.

 “Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20:10 da Angrenneftebazasi hududida 5000 m (kub) hajmdagi 20-sonli siğim (rezervuar) sifonining jömragi havo harorati pasayişi tufayli muzlab yorilgan. Buning oqibatida siğimda bölgan AI-80 benzin yoqilği mahsuloti (11 500 litr) tökilgan”, deya korxona boşliği D.Azimovning sözlarini keltirmoqda Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

Ta’kidlanişiça, avariya zavod işçi-xodimlari tomonidan şu kunning özida, soat 20:45 da bartaraf qilingan.

Garçi rasmiy ma’lumotda heç kimga jiddiy zarar yetkazilmagani alohida ta’kidlangan bölsa-da, Telegram-kanallarida tarqalgan videolarning birida quvurdan oqib yotgan benzinni olişga kelganlardan birining kiyimi yonib ketgani aks etgan. Yonğin benzin olib bölgandan söng erkak sigaret çekişga qaror qilgani va benzin saçragan kiyimi kutilmaganda alanga olgani natijasida kelib çiqqani aytilmoqda.

Kun.uz manbasiga köra, röy bergan holat böyiça içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.