Andijon şahrida 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Iste’molçilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, elektr energiyasini talon-toroj qiliş holatlarini aniqlaş va ularga nisbatan tegişli çoralar köriş yuzasidan «Özenergoinspeksiya» tomonidan joylarda nazorat tadbirlari ötkazilmoqda.

Xususan, Andijon şahar, Eski Öş köçasida faoliyat yuritib kelayotgan «F.X.S» MÇJga qaraşli sut mahsulotlarini qayta işlaş korxonasining ikkinçi elektr uzatiş liniyasidagi elektr ölçov priborlari dasturga kiritilmasdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlanib, hisobga olinmagan elektr energiyasi böyiça 684,17 mln söm qayta-hisob amalga oşirildi.

Uşbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 6 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdorni taşkil qiladi.

Ötkazilgan örganişlar natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molçining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi. Aniqlangan holat böyiça tegişli çoralar qöllaş uçun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari böyiça örganişlar davom etmoqda.