AQŞ harbiy-havo kuçlari 12 dekabr, duşanba kuni AGM-183A ARRW (Air-Launched Rapid Response Weapon) gipertovuşli raketasining tölaqonli prototipi birinçi sinovlarini e’lon qildi. Boeing B-52H Stratofortress strategik bombardimonçi samolyoti Kaliforniya janubiy qirğoqlari yaqinida snaryadni uçirdi. Raketa tovuş tezligidan beş baravar yuqori tezlikka erişdi, rejalaştirilgan trayektoriya böylab parvoz qildi va belgilab qöyilgan nuqtada portladi.
Birinçi marta AGM-183A barça funksional qismlari bilan yaxlit holda sinovdan ötkazildi. Oldingi uçirişlar paytida uning tezlatgiçi va gipertovuşli qurollarning boşqa komponentlari işlaşi sinovdan ötkazilgandi. Raketani loyihalaş boşlanganidan uning muvaffaqiyatli töliq sinovdan ötkazilguniga qadar beş yil ötdi, dedi AQŞ harbiy-havo kuçlari qurol-yaroğ dasturi ijroçi direktori, brigada generali Jyeyson Bartolomei.
AQŞ harbiy-havo kuçlari ARRW kabi aniq boşqariladigan qurollar ularning jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirişini kutmoqda. Bunday raketalarning tezligi va harakatlaniş qobiliyati ularni havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib olişni qiyinlaştiradi, bu ularga yaxşi himoyalangan yerdagi nişonlarni yanada samaraliroq uriş imkonini berişi kerak.
Mart oyida AQŞ rasmiylari, CNN ma’lumotlariga köra. Ukraina hududidagi jangovar harakatlar jarayonida Rossiya tomonidan gipertovuşli raketalardan foydalanilganini e’lon qildi. Avgust oyida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Ukrainada «Kinjal» gipertovuşli raketasini uç marta qöllaganini, u «özining ajoyib işlaşini körsatganini» tasdiqlagan edi.
2021 yilda Amerika ommaviy axborot vositalari hukumat doiralaridagi manbalarga tayanib, Xitoy yadro zaryadini olib yurişga qodir gipertovuşli qurolni sinovdan ötkazayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq Xitoy Taşqi işlar vazirligi 2021 yil oktyabr oyida bunday xabarlarni rad etib, kosmik kema sinovdan ötkazilayotganini bildirdi.

















