AQŞ Milliy Olimpiya va Paralimpiya qömitasi rahbari Syuzanna Layons XOQ raisi Tomas Baxning rossiyalik va belaruslik sportçilarni 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlariga bayroq va ranglardan foydalanmaslik hamda öz davlatlarining madhiyalarini aytmaslik şarti bilan taklif qiliş ğoyasini qöllab-quvvatladi. Bu haqda 12 dekabr, duşanba kuni The Wall Street Journal xabar berdi.

«AQŞ butun umri davomida şu maqsadda şuğullangan sportçilar uçun musobaqaga qaytiş yölini topişni qöllab-quvvatlaydi, - dedi Layons. - Ammo biz ularning hukumatlari sanksiyalar ostida bölgan paytda öz mamlakatlari ramzlari ostida qaytişlariga qat’iy qarşimiz».

Layons Xalqaro olimpiya qömitasining Parij-2024 uçun betaraflik talablari 2022 yilda Pekinda ötkaziladigan qişki öyinlarga nisbatan qat’iyroq bölişi kerakligini ta’kidladi. Öşanda Rossiya davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan doping sxemasi uçun jazolangan edi, ammo sportçilar Rossiyaning qizil, oq va kök liboslarini kiyib, xuddi şunday körinişdagi Rossiya bayroğidan foydalanişgan va Rossiya Olimpiya qömitasi nomi ostida musobaqalarda qatnaşgan.

«Bu bayonot yomon kayfiyat qoldirib, biz orqaga qadam taşlayotgandek tuyulişi mumkin bölsa-da, bu harakat uçun haqiqatan ham muhim, - dedi Layons. - Biz Ukraina xalqini va ukrainalik sportçilarni qöllab-quvvatlaşda davom etamiz».

Ötgan hafta Xalqaro olimpiya qömitasi raisi Tomas Bax rossiyalik va belaruslik sportçilarga hatto Ukrainadagi Rossiya uruşi davom etsa ham, Parij öyinlarida qatnaşiş imkoniyatini bermoqçi ekanligini aytdi.

2022 yil fevral oyi oxirida XOQ sport federatsiyalarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sababli rossiyalik va belaruslik sportçilarni xalqaro musobaqalardan çetlaştirişga çaqirdi. AQŞ Rossiyaning doping mojarolari tufayli paydo bölgan taqiqni qöllab-quvvatladi.

Uşbu qarorning bekor qilinişi ba’zi sport federatsiyalari bilan ziddiyatga olib kelişi mumkin, ular hali ham Rossiya va Belarus sportçilariga musobaqalarda qatnaşişga imkon bermayapti. Olimpiada öyinlariga sportçilarni tanlaş jarayonlari va tadbirlarini odatda XOQ emas, aynan şu federatsiyalar boşqaradi.