«Biz Rossiyaning bosqinçilik uruşi, energiya va oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanişi oqibatlaridan jiddiy jabr körayotgan zaif mamlakatlarga yordam berişda davom etamiz», — deyiladi hujjatda.
«Biz Ukrainaning harbiy va mudofaa texnikasiga bölgan favqulodda ehtiyojlarini qondiriş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişda davom etamiz», Kiyevni «havo hujumidan mudofaa tizimlari va vositalari» bilan ta’minlaşga katta e’tibor qaratamiz, deya ta’kidladi G7. Bu haqda Britaniya boş vaziri Rişi Sunakning idorasi bayonot berdi.
Avvalroq Ğarbning sanoati rivojlangan yetti yetakçi davlati ("Katta yettilik") içki işlar vazirlari Rossiyani Ukrainaga raketa hujumlarini zudlik bilan töxtatişga çaqirgandi va aybdorlarni javobgarlikka tortiş talablarini qöllab-quvvatlagandi.
«Avvalgidek, Ukrainada tinç aholiga qarşi sodir etilgan eng dahşatli jinoyatlar va fuqarolik infratuzilmasi vayron qilingani haqidagi kadrlar har kuni bizga yetib keladi. Bunga çek qöyiş kerak, Putin bu şafqatsiz uruşga çek qöyişi kerak», dedi Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fazer Gessen federal hududi Eberbax monastirida G7 mamlakatlari içki işlar vazirlari konferensiyasi yakunida.
Fezerning sözlariga köra, uçraşuv çoğida vazirlar «harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar tergovini qanday tezlaştirişni muhokama qildilar, uruş jinoyatçilari bir kun kelib sudlar oldida javob berişlari kerak». Konferensiya iştirokçilari, şuningdek, Ukraina politsiyasi va adliya organlarini qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga kelişib oldilar.


















