Uzbekistan Airports xabariga köra, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yöl olgan J9645 reysi Qirğizistonga yönaltirildi. Samolyot Bişkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qöndi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Omsk-Namangan yönalişi böyiça uçgan HY9810 reysi Toşkent aeroportiga yönaltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qöndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Soçi) reysining uçişi esa keçiktirildi. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo şaroiti yaxşilanişini kutmoqda, şundan söng u belgilangan manzilga uçib ketadi.
Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uçib kelişi kerak bölgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yölovçi reysi Namangandagi noqulay ob-havo şaroiti tufayli uçiş aeroportida ob-havo şaroiti yaxşilanişini kutmoqda.
Namangan aeroportida xabar qilinganidek, ob-havo şaroiti asta-sekin yaxşilanmoqda. Aeroport yaqin bir neça soat içida samolyotlarni qabul qiliş va jönatişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişi mumkin.

















