“Samarqandtumangaz” va “Urguttumangaz” bölimlarining suyultirilgan gaz tarqatiş bölimi mas’ul şaxslari 300 million sömdan oşiq mablağlarni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Samarqand tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, “Samarqandtumangaz” bölimi SUG xizmati moddiy javobgar şaxslari 221 mln sömlik suyultirilgan gazni sotişidan tuşgan mablağlarni kirim qilmasdan, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Urgut tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, “Urguttumangaz”ning suyultirilgan gaz xizmati boşliği U.B. va boşqalar 115,9 mln sömlik suyultirilgan gazni sotişdan tuşgan mablağlarni özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Samarqandda aholiga imtiyozli narxda beriladigan gazni talon-toroj qilgan jinoiy guruh uşlangandi. Öşanda, mazkur jinoiy uyuşmaga bir qator mansabdor şaxslar va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari ham rahnamolik qilib kelişgani aytilgandi.