O‘zbekistonda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanal umumlashtirilib, ular asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar ro‘yxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga ko‘ra, bundan maqsad – fuqarolarning to‘liq va xolis axborot olish huquqini ta’minlash hamda turli manbalardan ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirishdir.
Ro‘yxatdagi xorijiy telekanallarning:
- 35 tasi ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga va yangiliklar tarqatishga;
- 37 tasi filmlar va seriallar namoyishiga ixtisoslashgan;
- 34 tasi “National Geographic Channel” kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yo‘nalishda;
- 27 tasi bolalar va o‘smirlar auditoriyasiga mo‘ljallangan;
- 20 tasi sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan;
- 39 tasi musiqiy-ko‘ngilochar kontent tarqatadi.
Mazkur ro‘yxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pulli televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi. Ya’ni efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari va internet platformalar orqali bo‘ladi.
Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi, deya eslatgan AOKA.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz noyabr oyi boshida BBC, Sky News, CNN, CNBC, Fox News, Bloomberg, CGTN, TRT Avaz va “Belarus-24” kabi kanallar translatsiyasi O‘zbekistonda boshlanganini xabar qilgandi.
O‘zbeklar nega Rossiya kanallari ta’sirida qolmoqda? Faollar bilan suhbat
O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati:
















