Toshkent shahrida ikkita avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar qilmoqda.

2022 yil 14 dekabr kuni soat 11:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchilari: 2000 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz yo‘lovchi tashuvchi transport vositasi va 1972 yilda tug‘ilgan T.S. boshqaruvidagi MAN A22 yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.