12 dekabrdagi prezident qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 aprelgaça Energetika vazirligi huzuridagi inspeksiyalar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralaşmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalaniş holatlarini, istisno tariqasida, biznes ombudsman bilan kelişmasdan tekşirişga ruxsat berildi.

Şunga köra, “Özenergoinspeksiya” tomonidan elektr ta’minoti korxonalari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda joylarda reydlar ötkazilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi axborotiga köra, 12-13 dekabr kunlari ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida hududlarda 192 ta iste’molçi tomonidan 6,8 mln kVt⋅soat miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlanib, energetika tizimiga jami 3,1 mlrd söm qiymatda zarar keltirilgani ma’lum bölgan. Qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilgan.

Bu hajmdagi elektr energiyasi örta hisobda 34 mingta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdorni taşkil qiladi.

Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi – Andijon, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida aniqlangan.