Bryusselda 15 dekabr, payşanbaga ötar keçasi futbol işqibozlari Qatarda bölib ötayotgan jahon çempionatida Fransiya va Marokaş örtasidagi yarimfinal uçraşuvidan söng tartibsizliklar keltirib çiqardi. Politsiya 100 ga yaqin odamni tinçlikni buzgani, ikkita politsiya maşinasiga zarar yetkazgani va taqiqlangan pirotexnika buyumlari olib yurgani uçun qölga oldi. Belgiya poytaxtining ayrim markaziy hududlarida ehtiyot çorasi sifatida transport harakati tösib qöyildi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan töqnaşuvlar Antverpenda ham sodir böldi, deya xabar beradi dpa agentligi. Politsiya ham u yerda ayrim şaxslarni qölga olgan.
Fransiyada öz jamoasining jahon çempionatidagi muvaffaqiyati munosabati bilan muxlislarning xursandçiligi ayrim hollarda nazoratdan çiqib ketdi. Parijdagi Yelisey maydonida muxlislar va politsiya örtasida qisqa muddatli töqnaşuvlar bölib ötdi. Mamlakat janubidagi Monpele şahrida har ikki jamoa muxlislari bir-birlariga petarda uloqtirdi. Kannda bir neçta maşinaga zarar yetkazildi va politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz işlatdi, deb xabar berdi mintaqaviy Nice-Matin gazetasi.
Şu bilan birga, öyindan keyin Berlinda vaziyat tinç, deya ta’kidlaydi dpa. Politsiya ma’lumotlariga köra, muxlislarning aksariyati öyin tugaganidan köp ötmay uylariga ketişgan. Noykyoln tumanida muxlislar kiçik feyyerverk uyuştirdi.
Bundan bir neça soat avval Fransiya milliy jamoasi – futbol böyiça amaldagi jahon çempioni – yarimfinalda Marokaş jamoasini mağlub etib, Qatardagi jahon çempionati finaliga yöl oldi – 2:0. JÇ-2022ning hal qiluvçi bahsida fransuzlar 18 dekabr kuni Argentina milliy jamoasi bilan töqnaş keladi.

















