“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligida konlar va işlab çiqariş obektlarida havoning keskin sovib ketişi oqibatida yuzaga kelgan qiyinçiliklarga qaramasdan yangi quduqlarni burğilaş, mavjud quduqlarni kapital ta’mirlaş, şuningdek texnologik obektlarni işga tuşiriş böyiça tezkor tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Uşbu maqsadlarda 2022 yilning 1-14 dekabr kunlari “Özbekneftgaz” AJ tomonidan 4 ta yangi quduqlar burğilaş işlaridan va yana 1 ta quduq mukammal ta’mirlaşdan işga tuşirilişi natijasida kunlik gaz qazib çiqariş 1,3 mln kub metrga oşirildi.

Jumladan, Muborak regioni “Yangi Alat” konidagi 2 va 3-sonli quduqlarni işga tuşiriş natijasida kunlik 600 ming kub metr, Ustyurt regionidagi “Quyi Şarqiy Berdax” konidagi 4-,10 hamda “Quyi Surgil” konidagi 21-sonli quduqlarni işga qöşiş natijasida esa kunlik 700 ming kub metr hajmda tabiiy gaz qazib çiqarişga erişildi.

Ma’lumot uçun: 2022 yilda yangi oçilgan “Yangi Alat” koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylaşgan. Uşbu kon respublikamiz mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida oçilgan. “Quyi Şarqiy Berdax” va “Quyi Surgil” konlari 2021 yilda oçilgan va Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanida joylaşgan.

“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ