Seymning 231 (234 nafar saylovçidan) köpçilik ovozi bilan qabul qilingan tegişli rezolyutsiyasida Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkorligi BMT Nizomining kuç işlatiş taqiqlanişini qöpol ravişda buziş sifatida baholanadi, şuningdek, «Ukraina suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligini buzişdir».
«Rossiya Federatsiyasi xalqaro maydonda yakkalanişi kerak», deb ta’kidladi Seym. Ayni paytda, 226 deputat, jumladan, muxolifat vakillari ham ovoz berişda qatnaşmadi, deb xabar beradi PAP agentligi.
Qaror hukmron «Qonun va adolat» partiyasi kiritgan tuzatiş bilan qabul qilingan: uning matnida 2014 yil iyulida urib tuşirilgan, 298 yölovçi va ekipaj a’zosi halok bölgan "Malayziya havo yöllari"ning (MN17) reysi halokati uçun Rossiya bevosita javobgar ekanligi körsatilgan.
Bundan taşqari, Rossiya 2010 yil aprel oyida Smolenskda Polşa harbiy-havo kuçlarining bortida 96 kişi, jumladan prezident Lex Kaçinski, Polşa rasmiylari, yuqori martabali Polşa harbiy qömondonlari va NATOga a’zo mamlakatlarning harbiy qömondonlari, şuningdek Seym deputatlari bölgan samolyot qulaşi uçun javobgarligi bildirilgan.
Avvalroq, 7 dekabr, çorşanba kuni AQŞ Senati xalqaro aloqalar qömitasi Rossiyaning Ukrainaga qarşi harakatlarini Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oladigan rezolyutsiyani qabul qilgandi.
Hujjat Rossiya Federatsiyasini uşbu mamlakatga harbiy bostirib kirişi paytida «Ukraina xalqiga qarşi genotsid aktlarini sodir etgani uçun» qoralaydi, AQŞ va uning ittifoqçilarini Ukraina hukumatini qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga va «bu dahşatli jinoyatlar uçun javobgarlar şaxslarni jazoga tortişga qaratilgan tergovlarni olib borişga» çaqiradi.
«Putin öz harakatlari bilan öz maqsadi - Ukraina xalqining mavjudligiga çek qöyiş ekanini juda aniq körsatdi. Men şaxsan Irpen va Kiyev viloyatining boşqa hududlarida uning şafqatsizligining dalilini kördim», dedi rezolyutsiya mualliflaridan biri bölgan respublikaçi senator Jim Riş.


















