Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş assambleyasi 15 dekabr, payşanba kuni Rossiya tomonidan annexia qilingan Ukrainaning Qrim yarimorolida inson huquqlarining buzilişi böyiça yangilangan rezolyutsiyani qabul qildi, rezolyutsiyada Rossiyaning keng kölamli istilosi boşlanganidan beri şakllangan şart-şaroitlar hisobga olingan. Xalqaro taşkilotga a’zo 82 davlat «Vaqtinça bosib olingan Qrim avtonom respublikasi va Ukrainaning Sevastopol şahrida inson huquqlari bilan boğliq vaziyat» hujjatini qöllab-quvvatlaş uçun ovoz berdi, deb xabar qilyapti «Ukrinform» agentligi. Rossiya, Belarus, Zimbabve, Eron, Xitoy, Şimoliy Koreya va Suriya kabi 14 davlat qarşi çiqdi. Yana 80 ta davlat betaraf qoldi.

Qabul qilingan hujjatda yarimoroldagi inson huquqlari bilan boğliq vaziyat böyiça ötgan yillardagi şunga öxşaş rezolyutsiyalarda mavjud bölgan qoidalarga qöşimça ravişda, Rossiyaning Qrimdan Ukrainaga tajovuz qiliş maqsadida foydalanişi va Xerson va Zaporijjya viloyatlarini noqonuniy annexia qilişga urinişlarni qöllab-quvvatlaş qoralanadi. Rezolyutsiyada Rossiya «Ukraina va ukrainaliklarga nisbatan nafrat uyğotganlikda, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligini oqlovçi dezinformatsiya tarqatişda» ayblanadi.

Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş assambleyasi «Qrimdagi özboşimçalik bilan qölga olişlarning misli körilmagan yangi tölqini, Qrimga va Qrimdan majburan köçiriş», izsiz ğoyib böliş holatlari, şuningdek, «köçirilgan şaxslarni filtrlaş tartibini» qabul qilib bölmas deb hisoblaydi. Rezolyutsiyada «Rossiyadan Ukrainaga qarşi agressiyani zudlik bilan töxtatiş va Ukraina hududidan xalqaro tan olingan çegaralari doirasida barça qurolli kuçlarini sözsiz olib çiqib ketiş talab etiladi».