Germaniya hukumati Ukraina energetika infratuzilmasini qöllab-quvvatlaş uçun köproq sa’y-harakatlarni amalga oşiriş niyatida. Mamlakat Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi şu yil oxirigaça Yevropa energetika hamjamiyatining dasturlaridan biriga 100 million yevroga yaqin mablağ ajratadi, deb yozadi dpa agentligi 16 dekabr, juma kuni vazirlik javobiga tayanib.
Uşbu xalqaro taşkilot integratsiyalaşgan energetika bozorini yaratiş uçun Yevropa Ittifoqi va bir qator Yevropa davlatlari, jumladan, Ukrainani birlaştiradi. Bundestagning Budjet qömitasi mablağ ajratişga ruxsat berdi.
Ukraina energetika infratuzilmasi oktyabr oyidan beri Rossiya qöşinlarining hujumlariga uçrab kelyapti. Germaniya Iqtisodiyot vazirligining uni qayta tiklaşga qöşgan hissasi Taşqi işlar vazirligining 30 million yevro miqdoridagi hissasini töldiradi.
Bundan taşqari, Germaniya Iqtisodiyot vazirligi Jahon banki dasturi doirasida Ukraina elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va texnik xizmat körsatişni moliyalaştiriş uçun 40 million yevro, şuningdek, Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati loyihasi uçun qöşimça 20 million yevro ajratadi.

















