
Ayni kunlarda Özbekiston talabalari hayotida muhim voqea – Intellektual olimpiada bölib ötmoqda.
Tarixda ilk bor ötkazilayotgan uşbu keng miqyosli musobaqa Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi «Zakovat» intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-96-sonli qarori ijrosini amalga oşiriş doirasida taşkil etilmoqda. Uşbu qarorda 2022 yildan boşlab har yili Intellektual olimpiadani ötkaziş belgilab qöyilgan.

Intellektual olimpiada Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, «Zakovat intellektual klubi» NNT, Yoşlar işlari agentligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi va boşqa taşkilotlar hamkorligida ötkazilmoqda.
Intellektual olimpiada ikki bosqiçda (hududiy va respublika) ötkazilmoqda. Şu yilning 9 dekabr kuni respublikamizning 14 ta hududida hududiy bosqiç öyini ötkazilib, unda 123 ta OTMdan 861 nafar talaba qatnaşdi. Hududiy bosqiç yakunida har bir hududda eng yaxşi natija körsatgan 50 jamoa respublika bosqiçiga yöl oldi.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqiçi oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida 4 kun davomida – 2022 yilning 14-17 dekabr kunlari ötkazilmoqda hamda unda iştirokçilar quyidagi 6 turdagi öyinda bellaşadi:
- «Zakovat» öyinining sportça versiyasi;
- breyn-ring;
- şaxsiy öyin;
- erudit-kvartet;
- şaxmat;
- şaşka.
Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar iştirokçi (7 nafari – «Zakovat», breyn-ring, şaxsiy öyin, erudit-kvartet uçun; 2 nafari (1 qiz, 1 öğil) şaxmat uçun; 2 nafari (1 qiz, 1 öğil) şaşka uçun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnaşadi.
Ma’lumot uçun, turnirda respublikamizning 14 ta hududidan jami 50 ta OTM jamoalari hamda ularda öqiydigan jami 550 nafar talaba qatnaşmoqda.
Intellektual olimpiada tobora qizğin pallaga kirib bormoqda. Iştirokçilar har bir öyinda hal qiluvçi bosqiçga yaqinlaşmoqda.

















