AQŞ Kongressining 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kiriş bilan boğliq vaziyatni tergov qiluvçi maxsus qömitasi sobiq prezident Donald Trampga nisbatan jinoiy iş qözğatişni tavsiya qilmoqçi.

Qömita keyingi hafta yakuniy hisobotni e’lon qiladi va AQŞ OAV manbalariga köra, Trampga qarşi uçta modda böyiça ayblovlar qöyişni taklif qiladi - isyon, davlat idoralariga tösqinlik qiliş va AQŞ hukumatini çalğitişga qaratilgan fitna.

AQŞ tarixida sobiq prezidentlarning heç biriga jinoyat böyiça ayblov e’lon qilinmagan.

2021 yil 6 yanvar kuni Vaşington markazida öşa paytdagi prezident Donald Tramp tarafdorlari tartibsizliklar uyuştirişdi. Kapitoliy binosi yaqinida norozilik namoyişi sifatida boşlangan voqea qurolli töqnaşuv va binoning egallab olinişiga aylandi. Prezident saylovi natijalarini bekor qilişni va ğalabani Trampga berişni talab qilgan namoyişçilar Kapitoliy qöriqlaş xizmatini yorib ötib, binoga bostirib kirişdi. Töpolon paytida beş kişi halok böldi.

Trampning Kapitoliyga bostirib kirişdagi rolini allaqaçon tekşirayotgan AQŞ Adliya vazirligi Kongress qömitasi tavsiyalariga amal qilişga majbur emas.

Tramp 6 yanvar voqealariga aloqadorligini rad etadi. Juma kuni uning matbuot kotibi Stiven Çeng komissiya harakatlarini qoralab, uning a’zolarini «mamlakat tarixidagi doğ» deb atadi.

Maxsus qömita duşanba kuni yakuniy yiğiliş ötkazişi kerak, unda barça tavsiyalar e’lon qilinadi. Töliq hujjat çorşanba kuni e’lon qilinadi, dedi qömita raisi Benni Tompson.

Qömitaning fikriga köra, Tramp saylovda mağlub bölgaç, hokimiyatda qolişiga umid qilib, tarafdorlarini Kapitoliyga bostirib kirişga undagan.

Adliya vazirligi allaqaçon 6 yanvar voqealari yuzasidan jinoiy iş tergovini olib bormoqda.

Tartibsizliklardan bir hafta ötib, Vakillar palatasi Trampga ikkinçi marta impiçment e’lon qildi va uni fitnada aybdor deb topdi. Biroq Senat bu ayblovni qöllab-quvvatlamadi.