Hindiston poytaxti Dehli şahrining şimoli-ğarbiy qismidagi Bhalsva çiqindi poligoni tobora kattalaşib bormoqda.
Çiqindi uyumi balandligi qörqinçli darajada 62 metrga yetgan, uni 20 qavatli uy bilan taqqoslaş mumkin. Şunday bölsa-da, unga çiqindi taşlaş jarayoni töxtamayapti.
Şu yilning özida poligonda 14 ta yonğin sodir böldi, bu uning tubida bir neça oydan beri tutayotgan öçoqlarni hisobga olmaganda. Yonğin paytida metan ajralib çiqyapti va zaharli suyuqliklar tuproqqa singib, yerosti suvlarini bulğamoqda.
Bhalsvaning 200 minglik aholisi yaşaş uçun yaroqsiz hududda istiqomat qilyapti, zaharli havodan nafas olişga va ifloslangan suvda çömilişga majbur bölyapti.
Qayd etiş joizki, Bhalsva Hindistondagi eng yirik çiqindi poligoni emas. Masalan, Yangi Dehli şarqida Ğozipur poligoni joylaşgan. Uning hududi 40 ta futbol maydoniga teng bölib, balandligi yiliga ön metrga oşyapti.

















