Kreml Ukrainada uzoq davom etadigan uruşga hozirlik körmoqda, şuning uçun bu mamlakatni qöllab-quvvatlayotgan barça NATO davlatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin «jang maydonida ğalaba qozona olmasligini» tuşunmagunça, Kiyevga qurol yetkazib berişda davom etişi kerak. Bu haqda 16 dekabr, juma kuni AFP agentligiga bergan intervyusida alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Putin Ukraina ustidan nazoratni qölga kiritiş maqsadidan voz keçgani haqida hozirça heç qanday alomat yöq. «Rossiyani past baholamaslik kerak. Rossiya uzoq uruşni rejalaştirmoqda», - deya ogohlantirdi Stoltenberg. «Biz ular köproq kuçlarni safarbar qilayotganini, katta yöqotişlarga tayyor ekanini, köproq qurol va öq-dorilarga ega bölişga harakat qilayotganini köryapmiz. Prezident Putin bu uruşda uzoq vaqt qolişga va yangi hujumlarni boşlaşga tayyor ekanini tuşunişimiz kerak», deya qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, NATO boş kotibi fikriça, bu uruş «köp uruşlar kabi muzokaralar stolida tugaşi» mumkin, ammo yakunda har qanday qaror «Ukrainaning suveren, mustaqil davlat sifatida ğalabasini ta’minlaşi kerak». «Bunga erişişning eng tezkor yöli – prezident Putin jang maydonida ğalaba qozona olmasligini, balki ötirib, vijdonan muzokaralar olib borişi kerakligini tuşunişi uçun ukrainaliklarga harbiy yordam körsatişdir», - dedi Yyens Stoltenberg.
Uning qayd etişiça, ittifoqçilar Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslarini (ZRK) yetkazib beriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Biroq, Stoltenbergning sözlariga köra, hozirgi muhim masala - allaqaçon yetkazib berilgan qurollar iş holatida qolişi. Şuning uçun NATO öz zaxiralarini töldiriş uçun ham, Kiyevga yangi qurol-yaroğ yetkazib beriş uçun ham qurol işlab çiqarişni oşirmoqda, dedi u.


















