14-15 dekabr kunlari Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida futzal böyiça «Muras» kiçik turniri ötkazildi. Unda 16 ta jamoa iştirok etdi.
Jumladan, musobaqada mamlakat prezidenti Sadir Japarov jamoasi ham qatnaşib, finalga yetib bordi va Sport federatsiyalari jamoasiga 3:4 hisobida yutqazdi.
Birinçi «Muras» turniri 2021 yil dekabr oyida ötkazilgan bölib, unda «Onor» jamoasi ğolib bölgan edi. 2022 yil may oyida ikkinçi turnir ötkazildi va unda prezident Sadir Japarov jamoasi ğolib çiqdi. Har ikki musobaqada davlat rahbari töpurarlik unvonini qölga kiritdi. Ğoliblik uçun berilgan 1 million qirğiz sömi miqdoridagi mukofot puli mehribonlik uylariga tarqatildi.

















