Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va ukrain xalqi 2023 yil uçun nufuzli Buyuk Karl xalqaro mukofoti laureati böldi. Mukofot qömitasi öz qarorini 16 dekabr, juma kuni e’lon qildi. Mukofot 1950 yildan beri Germaniyaning Axen şahrida Yevropani birlaştirişga qöşgan ulkan hissasi uçun topşirilib kelinadi.

Qaror matnida «Ukraina xalqi prezident Volodimir Zelenskiy boşçiligida nafaqat öz mamlakati suvereniteti va fuqarolari hayotini, balki Yevropa va Yevropa qadriyatlarini ham himoya qilayotgani» ta’kidlangan.

«Uşbu himoya uruşida Volodimir Zelenskiy nafaqat öz xalqining prezidenti va Ukraina armiyasining boş qömondoni, balki Ukraina va katta guruh tarafdorlari örtasidagi turtki, aloqaçi, vosita va boğlovçi hamdir», — deya ta’kidladi mukofot hay’ati.

Buyuk Karl mukofoti 1950 yildan beri Yevropani birlaştirişga qöşgan hissasi uçun beriladi. Uinston Çerçill va Konrad Adenauer uning birinçi laureatlari bölgan. Yillar davomida uni taniqli siyosatçilar va jamoat arboblari oldi: Vatslav Gavel, Angela Merkel, Emmanuel Makron, Rim papasi Fransisk va boşqalar.

2022 yil uçun mukofot Svetlana Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Tsepkaloga «diktatura, qatağon va noqonuniy davlatga qarşi kuraşning noyob namunasi» uçun berildi.