Buyuk Britaniyalik mutaxassislar koronavirusdan ham xavfliroq bölgan «tuya grippi» (Yaqin Şarq respirator sindromi) avj olayotgani haqida ogohlantirdi. Infeksiya Qatardagi jahon çempionati start olişi bilan tarqala boşlagan.
Taxminlarga köra, futbol muxlislari sayohat paytida tuyalar yoki kasal odamlar bilan aloqa qilganidan söng grippni yuqtirgan, keyinçalik uni dunyo böylab tarqatgan bölişi mumkin.
Şifokorlarning ma’lum qilişiça, sönggi bir neça yil içida mingga yaqin bemor Yaqin Şarq respirator sindromidan (MERS) vafot etgan. Endi ölimlar soni ortişi mumkin.
«Tuya grippi» Covid-19 kasalligidan xavfliroq hisoblanadi, çunki bemorlarning uçdan biri vafot etadi. MERS uçun samarali vaksina yöqligi yanada taşvişlantiradi.
Buyuk Britaniya Soğliqni saqlaş xavfsizligi agentligi şifokorlarni isitma va nafas oliş qiyinligidan şikoyat qilgan bemorlarni diqqat bilan kuzatişga çaqirmoqda. Köpinça MERS bilan kasallangan odamlarda heç qanday alomat sezilmaydi. Şu bilan birga, ba’zan bemorlarda isitma, yötal, nafas oliş qiyinlaşuvi, içburuği va qayt qiliş kabi holatlar uçraşi mumkin.













