Surxondaryo viloyati Uzun tumanida birovning maşinasini boşqargan 18 yoşli yigit tezlikni oşirib YTH sodir etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 17 dekabr kuni soat 00:40 larda Uzun tumani Qaraşiq mahallasidan ötgan 4R-108A avtomobil yölida sodir bölgan.

Sariosiyo-Uzun yönalişida harakatlanyotgan Lacetti maşinasi haydovçining tezlikni oşirişi natijasida boşqaruvni yöqotgan. Söng çel çetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda maşina haydovçisi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Uning yonida bölgan örtoği vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, 18 yoşli yigitda haydovçilik malakasi va yetarliça tajriba bölmagan. Maşina uning qöşnisiniki bölib, yigit uni söroqsiz boşqarib ketgan.