16-17 dekabr kunlari Toşkentga 204 ta avtobus olib kelinib, yönalişlarga çiqarildi. Buning natijasida avtobuslarning harakatlaniş oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi Transport vazirligi axborot xizmati.
Vazirlikka köra, şahardagi 148 ta yönalişning 34 tasi muammoli ekani aniqlangan.
“Barça yönalişlarga 200 dan ortiq qöşimça avtobus jalb etilgaç, 17 ta yönalişdagi muammo bartaraf etilgan. Biroq aholi ehtiyojlarini töliq qondiriş uçun yana 21 ta yangi avtobus yönalişi şakllantirilişi zarur”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qöşimça qilinişiça, şahridagi 8 ta avtobus parkining 1 374 ta transport vositasi töliq texnik körikdan ötkazilgan, 259 ta texnik nosoz holatdagi avtobusning 89 tasi ta’mirlangan.
“Haydovçilar tanqisligini bartaraf etiş maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovçilik guvohnomasiga ega şaxslar röyxati şakllantirildi, hozirga qadar ularning 140 nafardan köproği işga qabul qilindi.
Avtobus saroylaridagi mavjud issiqlik, suv va şu kabi boşqa muammolar bartaraf etildi. Bu boradagi işlar davom etmoqda”, – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, bu özgarişlar prezident Şavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Uçtepa tumaniga borib, avtobus saroylaridan birini közdan keçirgani, şu vaqtdagi tanqidlar va körsatmalar bilan boğliq.
Davlat rahbari topşiriği bilan, Toşkentdagi 8 ta avtobus saroyi IIV, FVV va Milliy gvardiya qaramoğiga berildi.

















