Ukrainada uruşning 297-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskva oblasti harbiy komissari Mixail Fotin ikki yillik muddatli harbiy xizmatga qaytilişini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi buni rad etdi. Keyinroq Fotinning sözlari aytilgan syujyet yutubdan öçib ketdi. Uning özi esa bu video «ikki yil oldingi» ekanini aytdi. «Agor» huquq taşkiloti rahbari Pavel Çikov Fotinning sözlari qasddan qilingani haqida gapirdi — uningça, bundan maqsad çaqiruv yoşidagilarni harbiy komissariatlarga kelişga undaş bölgan;
- Kremlning xabar berişiça, Putin «maxsus amaliyot»da qatnaşgan qöşinlarning qöşma ştabida «işlagan», ştab qayerda joylaşganiga aniqlik kiritilmagan. Putin hali biror marta harbiy harakatlar hududiga kelmagan;
- Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabidagilar ma’lum qilişiça, 16 dekabr kungi yoppa zarbalar çoğida rossiyalik harbiylar Ukraina böylab 98 raketa uçirgan. Natijada mamlakatning bir qator yirik şaharlari va oblastlari toksiz qolgan. 18 dekabr kuni Kiyev meri Vitaliy Kliçko şaharda issiqlik ta’minoti töliq tiklangani haqida xabar berdi;
- Ukraina qurolli kuçlari Rossiya fevral oyi oxirida yana Belarus hududidan Ukrainaga bostirib kirişga urinişini aytmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi ma’lum qilişiça, hozirça RF yangi yurişga tayyorgarlik körayotgani alomatlari yöq;
- Bosib olingan Zaporijjya AES hududida işlatilgan yadroviy çiqindilarni saqlanadigan omborlar ustida himoya gumbazlari quriş boşlandi.
Quyida sönggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyevda yangi yil arçasi


















































