Ukrainada uruşning 298-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qatardagi futbol böyiça jahon çempionatining Argentina — Fransiya örtasidagi final bahsidan oldin videomurojaat qilmoqçi bölgan. Ammo çempionat taşkilotçilari, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bunga ruxsat bermagan. Endi videomurojaat matni Tribuna.com saytida e’lon qilindi.
- Belgorod oblasti rahbari Vyaçeslav Gladkov Belgorod şahri va oblasti öqqa tutilişi oqibatida kamida sakkiz kişi jabrlanib, bir kişi halok bölganini xabar qildi.
- «DXR» rasmiylari Donetsk bir kun içida Ukraina qurolli kuçlari tomonidan tört bor öqqa tutilganini xabar qildi. Natijada Kirov nomidagi şifoxona korpusi şikastlangan, bir kişi qurbon bölgan.
- Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç Ukraina qurolli kuçlari Rossiya Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovni yöq qilişga harakat qilganini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times naşrining rossiyaliklarning Ukrainani tezkorlik bilan egallaş böyiça rejasi nega muvaffaqiyatsizlikka uçragani haqidagi katta materialda keltiriladi.
Quyida 18 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmutning yarim yillik janglardan keyingi körinişi
May oyining ikkinçi yarmidan Rossiya qöşini Baxmut şahrini (2016 yilga qadar — Artemovsk deb atalgan) kuçli darajada öqqa tuta boşladi — bu muhim transport tugunida joylaşgan va ukrainlarning mustahkamlangan istehkomlaridan biri bölgan şahar edi, bu şahar rossiyaliklarning Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk tomon yurişi yölini tösib turardi. 5 iyul kuni Rossiya qöşinlari Lisiçanskni egallaşdi, avgust oyiga kelib Baxmutning atrofidagi hududlarga kirişdi. Yoz oxirida rossiyaliklarning bu yönalişdagi asosiy kuçi — «Vagner» guruhi jangçilari — şahar tomon bir neça kilometrga ilgarilaşdi. Bir neça oydan buyon şahar atrofida intensiv janglar davom etmoqda. Şu bilan birga, bir neça oydan buyon suv ta’minoti, issiqlik va tok yöq bölgan şaharda tinç aholi vakillari ham yaşamoqda.






























