Tadbirdan közlangan maqsad ikki muassasa örtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, qölyozma va ilmiy asarlarni birgalikda örganiş hamda Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi Ar-Riyodda bölinmasini va Podşoh Faysal nomidagi Islom tadqiqotlari markazi Islom sivilizatsiyasi markazida kutubxonasini taşkil etiş bilan izohlanadi.
Podşoh Faysal nomidagi Islom tadqiqotlari markazi boş kotibi örinbosari Ibrohim Duğaysir hozirgi kunda ÖITsM bilan ikki tomonlama aloqalar örnatilganidan mamnun ekanini bildirar ekan, birgalikda ilmiy izlanişlarni olib boriş, özaro ma’lumotlar almaşiş va ikki markaz bölinmalari hamda kutubxonalarini oçiş muhim ekanini ta’kidladi.

















