Tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Qozoğiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev, Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi Beybut Atamkulov, “Jidebay-Borili” Abay muzeyi direktori Turdiqul Şanbay, Tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Oqilova, şuningdek OAV va jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Tadbirni boş vazir örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov oçib berdi.

“Bugungi kunda Özbekistonda davlatimiz rahbari boşçiliklarida butun turkiy xalqlar madaniy merosini asraş va tiklaşga oid köplab işlar amalga oşirilmoqda. Poytaxti azimda uluğ qozoq adibi Abay ijodiga bağişlangan körgazmaning oçilişi ham buning yaqqol dalilidir. Uşbu tadbir, şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston örtasida döstlik riştalarining yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Fursatdan foydalanib uşbu tadbirga taşrif buyurgan Qozoğiston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayevga “Özbekistonga xuş kelibsiz” deymiz. Bugun öz eşiklarini oçayotgan uşbu körgazma buyuk mutafakkir Alişer Navoiy insonparvarlik an’analarini özida saqlagan Abay ijodini yanada mukammal anglaş imkonini berişiga işonçimiz komil. Uning barça xalqlar tinçlik va farovonlikda yaşaşi kerakligi, Şarq va Ğarb uyğunligi, jahon merosini özlaştiriş zarurati, ensiklopedizmga intiliş, inson tabiatining mukammallaşuviga oid ğoyalari bugunga kelib ham öz ahamiyatini yöqotmagan”, – deya ta’kidladi Abduhakimov.
Öz navbatida, Qozoğiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev körgazma yuqori saviyada taşkil etilganini ta’kidlab, Özbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
"Alişer Navoiy va Abay ijodi nafaqat turkiy, balki umuminsoniy qadriyatlarning şakllanişi namunasini özida mujassam etgan buyuk merosdir. Har ikki mutafakkir turli davrlarda yaşab ijod qilgan bölsa-da, ularni şe’riyatdagi insonparvarlikka intiliş, islohotçilik ruhi birlaştiradi. Ular ikki qardoş xalqning ma’naviy ustunlaridir”, – dedi Dauren Abayev.




















