Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 2023 yil uçun davlat budjeti töğrisidagi qonun loyihasini birinçi öqişda körib çiqdi.

Palata yalpi majlisida söz olgan boş vazir örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorovning aytişiça, keyingi yilda ham energetika tariflari böyiça işlar davom ettiriladi.

“Joriy yilda yalpi içki mahsulotimiz, aholi jon boşiga 2200 dollarga yetişi kutilmoqda. Davlat rahbari 2026 yilning oxirigaça YaIMni 100 mlrd dollardan oşiriş vazifasini qöygan, bugungi iqtisodiy körsatkiçlardan kelib çiqiladigan bölsa, bu körsatkiçga 2025 yilning oxirida ham erişişimiz mumkin.

Oltin işlab çiqariş oxirgi 5 yilda 87 tonnadan 105 tonnaga, mis işlab çiqariş 110 ming tonnadan 148 ming tonnagaça köpaydi.

2023 yilda 1,2 gegavatt, 2024 yilda esa umumiy quvvati 4,7 gegavatt bölgan xususiy elektrostansiyalar işga tuşiriladi. 2023 yilda xususiy elektrostansiyalarning uluşi 18 foizga yetişi kutilmoqda. Qayta tiklanuvçi manbalardan foydalaniş Özbekiston uçun juda muhim ahamiyatga ega.

Energetika tariflari böyiça albatta işlar olib borilyapti. Bu böyiça nimadir qilinişi kerakligini hamma biladi. Şuni işontirib aytişim kerakki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bu özgarişlarni sezmaydi”, – dedi Jamşid Qöçqorov.

Eslatib ötamiz, hukumatning iqtisodiy bloki energetika sohasidagi muammolar yeçimi sifatida sohaga bozor mexanizmlarini joriy qiliş, xususiy investorlarni jalb qiliş va energetika bozori yaratiş uçun, ijtimoiy himoya me’yorlarini belgilagan holda, birinçi navbatda biznes, ikkinçi navbatda aholi uçun tariflarni oşirişni reja qilgan.

Hukumat 2022 yil 1 iyulidan biznes uçun tariflarni bozor narxlariga yaqinlaştiriş, aholi uçun esa tariflarni tabaqalaştirilgan tartibda oşirişga qaror qilgan, lekin yakunda bu keçiktirilgan edi.