Samarqand viloyati Urgut şahridagi Mergança mahallasida qizil çiroqda harakatlangan Damas sodir etgan YTHda Lada maşinasi haydovçisi halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 17 dekabr kuni 4R-47 Bulunğur-Urgut-M-39 avtomobil yölining Urgut şahri Mergança mahallasidan ötgan qismida sodir bölgan.
Damas maşinasi haydovçisi qoidalarni buzgan holda juda katta tezlikda kelgan va svetoforning qizil çiroğiga böysunmasdan harakatlangan. Söng röparasida qizil çiroqda töxtab turgan Lada maşinasi bilan töqnaşgan.
Oqibatda Lada maşinasi haydovçisi va Damas’da bölgan ikki nafar yölovçi şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Lada haydovçisi vafot etgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur joyda avval ham bir neça marta odam ölimi bilan boğliq YTHlar sodir bölgan va ularning oldini oliş maqsadida svetofor örnatilgandi.
Urgutda bir joyda takroran yoş bolalarni maşina urib ketyapti. Mas’ullar hozirça sukutda
















